SMM Manager
Alfajr Premium Brand — tabiiy teridan tayyorlangan premium joynamozlar, tabiiy toshlardan tasbehlar, charm aksessuarlar, sovg‘abop to‘plamlar va dekor mahsulotlarini taklif qiluvchi rivojlanayotgan premium brend.
Jamoamizga zamonaviy SMM’ni yaxshi tushunadigan, kreativ kontent g‘oyalari bera oladigan, trendlarni tez ilg‘aydigan va ijtimoiy tarmoqlar orqali brendning auditoriyasini hamda savdosini rivojlantira oladigan SMM Manager izlayapmiz.
Asosiy vazifalar:
- Instagram, TikTok, Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar uchun SMM strategiyasini amalga oshirish;
- Oylik va haftalik kontent-reja ishlab chiqish;
- Reels, Stories, post, carousel va boshqa formatlar uchun kreativ g‘oyalar ishlab chiqish;
- Kontent uchun ssenariylar, matnlar va texnik topshiriqlar tayyorlash;
- Kontentni kompaniyaning premium brend uslubiga mos tarzda rejalashtirish;
- Reels va Stories’lar uchun trendlar, formatlar va yangi kreativ yechimlarni doimiy izlash;
- SMM, mobilograf, videograf va dizayner bilan birgalikda kontent yaratish jarayonini muvofiqlashtirish;
- Kontentning belgilangan muddatda va sifatli chiqishini nazorat qilish;
- Instagram va boshqa platformalarda auditoriya bilan ishlash;
- Kommentariya va Direct’dagi auditoriya reaksiyalarini kuzatish;
- Influencer va blogerlar bilan hamkorlik qilinadigan kontentlarni SMM tomondan muvofiqlashtirish;
- Aksiyalar, yangi mahsulotlar va maxsus loyihalar uchun SMM kampaniyalarini ishlab chiqish;
- Raqobatchilar va bozor kontentini tahlil qilish;
- Zamonaviy SMM trendlarini muntazam kuzatib borish;
- Kontent samaradorligini tahlil qilish va natijalarga asoslangan yangi g‘oyalar taklif qilish;
- Haftalik va oylik SMM hisobotlarini tayyorlash.
Nomzoddan kutamiz:
- SMM sohasida 1–3 yillik amaliy tajriba;
- Portfolio bo‘lishi shart — amalda yuritgan sahifalar, loyihalar yoki kreativ ishlar;
- Instagram va TikTok algoritmlari hamda platformalarning ishlash tamoyillarini yaxshi tushunish;
- Kontent strategiyasi va kontent-reja tuza olish;
- Reels va short-form video uchun kreativ g‘oyalar ishlab chiqa olish;
- Trendlarni tez ilg‘ash va ularni brendga moslashtira olish;
- Kuchli kreativ va vizual fikrlash;
- SMM natijalarini asosiy ko‘rsatkichlar orqali tahlil qila olish: reach, views, engagement, saves, shares, follower growth va boshqalar;
- Kontentning auditoriya jalb qilishidan tashqari, mijoz va savdoga ta’sirini tushunish;
- Instagram Stories bilan faol ishlay olish;
- Savodli va qiziqarli matn yozish qobiliyati;
- O‘zbek tilida savodli yozish va gapira olish;
- Rus tilini bilish — ustunlik;
- Canva, CapCut yoki shu kabi kontent yaratish dasturlari bilan ishlay olish;
- Mobilograf, videograf, dizayner va boshqa kreativ mutaxassislar bilan samarali ishlay olish;
- Vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish va bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani boshqara olish;
- Tashabbuskor, faol, mas’uliyatli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish;
- 22–25 yosh.
Biz uchun ayniqsa muhim:
Bizga faqat “post qo‘yib beradigan” SMM menejer emas, kontent nega kerakligini tushunadigan mutaxassis kerak.
Nomzod:
- “Bugun nima post qilamiz?” deb kutib o‘tirmasdan, o‘zi yangi g‘oyalar taklif qila olishi;
- Reels uchun ssenariy va kreativ konsepsiya ishlab chiqishi;
- Qaysi kontent nima sababdan yaxshi yoki yomon ishlaganini tahlil qila olishi;
- Trendni shunchaki ko‘chirmasdan, uni Alfajr Premium Brand uslubiga moslashtira olishi;
- Premium segmentga mos vizual va kommunikatsiya uslubini tushunishi;
- Kontentni obunachi va ko‘rishlar uchun emas, brend va biznes natijasi uchun yaratishi kerak.
Ustunlik beradi:
- Premium, fashion, beauty, retail yoki B2C brend bilan ishlash tajribasi;
- Mahsulotlar uchun kreativ Reels formatlarini yaratganlik;
- Kontent suratga olish jarayonini mustaqil tashkil qila olish;
- Copywriting va ssenariy yozish ko‘nikmasi;
- Target reklama bo‘yicha bazaviy tushuncha;
- Influencer marketing bilan ishlash tajribasi;
- Bir nechta ijtimoiy tarmoqni parallel yuritish tajribasi.
Biz taklif qilamiz:
- Rivojlanayotgan premium brend bilan ishlash;
- Kreativ g‘oyalarni amalga oshirish uchun erkinlik;
- Marketing, PR va kreativ jamoa bilan birgalikda ishlash;
- Professional rivojlanish va lavozim bo‘yicha o‘sish imkoniyati;
- Qiziqarli mahsulotlar va kreativ loyihalar;
- Professional va ahil jamoa;
- Fiks maosh + KPI asosida bonus;
- Maosh tajriba va ko‘nikmalarga qarab kelishiladi;
- Ish shakli: ofisda, to‘liq bandlik;
- Manzil: Toshkent shahri, Maxtumquli ko‘chasi, 99Б;
- Ish grafigi: suhbat davomida kelishiladi.
Vakansiyaga javob berishda:
Rezyumega albatta portfolio ilova qilishingizni so‘raymiz.
Portfolio tarkibida:
- yuritgan Instagram/TikTok sahifalaringiz;
- yaratgan Reels va Stories’laringiz;
- kontent-reja yoki kreativ loyihalaringiz;
- erishilgan natijalar bo‘lsa, ular haqida qisqacha ma’lumot;
- o‘zingiz ishtirok etgan kontentlar havolalari.
Bizga kreativ fikrlaydigan, trendlarni his qiladigan, mustaqil g‘oya bera oladigan va SMM’ni real biznes natijalariga bog‘lay oladigan kuchli mutaxassis kerak.